Ouen o'zi bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchini aytdi

Eldor Akmurzayev
24 avg 2022, 09:50
Angliya TJ sobiq a'zosi Maykl Ouen “Liverpul”, “Real”, “Nyukasl Yunayted”, MYU va “Stok Siti” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

“Zidan men o'ynagan futbolchilar ichida eng zo'ri edi. U futbolchi bo'lishi uchun tug'ilgan. Zidan to'p bilan muomala qilganda ko'rinmas tola borga o'xshardi. Qanday holatda bo'lmasin, to'p doimo undan bir xil masofada turardi. Unda o'zgacha instinkt bor edi, u bir teginish bilan to'pni o'zi xohlagan tomonga yo'naltira olardi va mukammal tarzda nazorat qilardi.

U qoyilmaqom bo'lgan. Chap va o'ng oyog'i juda tez, kuchli edi. U Kroyfning harakatini takrorlab, himoyachidan o'tib ketishga qodir bo'lgan. Zidan juda kuchli edi”, deydi Ouen.

Eslatib o'tamiz, Ouen va Zidan 2004/05 yilgi mavsum “Real” safida birga o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: OTB Sports