Angliya terma jamoasi hisobidagi rasmiy uchrashuvlar soni mingtaga etdi

15 noya 2019, 01:58
Inglizlarning birinchi rasmiy bahsi 1872 yil Shotlandiya (0:0) terma jamoasiga qarshi o'tkazilgandi.

Ayni daqiqalarda Angliya milliy terma jamoasi Evro-2020 saralash bosqichi doirasida Chernogoriyaga qarshi o'ynayapti.

Mazkur uchrashuv inglizlar uchun 1000-rasmiy bahsga aylandi.

Qiziqarli jihati shundaki, Angliyaning 900-rasmiiy uchrashuvi ham 2011 yil 7 oktyabr sanasida Chernogoriya terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan va o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports