Angliya Liga kubogining markaziy o'yini qoldirildi

Оқил Абдубарноев
5 yanv 2022, 19:14
"Arsenal" va "Liverpul" o'rtasidagi Angliya Liga kubogining birinchi yarim final o'yini rejalashtirilganidek 6 yanvar kuni bo'lib o'tmaydi.

Angliya futbol ligasi rasmiy sayti mersisaydliklar lagerida koronavirus tarqalishi sababli uchrashuv boshqa muddatga qoldirilganini e'lon qildi.

Shu tariqa, Liga kubogi yarim finali doirasidagi "Arsenal" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yinlar tartibi endi o'zgardi. 13 yanvar kuni "Enfild"da bo'lib o'tadigan o'yin javob o'yini emas, balki dastlabkisi bo'ladi. Javob o'yini esa bir haftadan so'ng, 20 yanvar kuni "Emireyts" stadionida bo'lib o'tadi.

Oldinroq "Liverpul" klubida koronavirus tarqalishi sababli asosiy jamoaning mashg'ulotlar bazasi yopilganini e'lon qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: efl.com