Anelka Pogbaga "Chelsi" yoki "Real"ga o'tishni maslahat bermoqda

Aziz Tukhtamuradov
17 fev 2015, 21:50
Fransiyalik sobiq futbolchi Nikolya Anelka Pol Pogbaga "Chelsi" yoki "Real" safiga borib qo'shilish haqida maslahat berdi.
"Ushbu futbolchi istagan jamoasida o'ynashi mumkin. Pogba uchun "Chelsi"ni ideal jamoa deb hisoblayman.

Shuningdek, "Real"ni ham unga mos jamoalar qatoriga kiritsa bo'ladi. U yerda Karlo Anchelottidek ajoyib bo'lgan mutaxassis ish olib boradi", - deb aytib o'tdi Anelka.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru