"Ertangi o'yinning muhimligini tushunib turibmiz. Ertaga ochko yo'qotmasligimiz kerak, shunda guruhda kurashni davom ettiramiz. Ertaga gol urib gol o'tkazmaslikka urinamiz. Safardagi bahsda 0:2 hisobida yutqazdik, u yerda raqib bizdan katta ustunlik qildi demagan bo'lardim. Shunchaki ular vaziyatlardan foydalanishdi", - Andrey Miklyaev.
"Qiyin o'yin kutib turibdi. Chunki jamoalarning ochkolari bir biriga juda yaqin. G'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilishga urinamiz", - deydi Ikrom Aliboev.
- Bu mavsumda "Lokomotiv"ga nima yetishmayapti.
- Omad yetishmayapti. Shunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Ertaga xudo xohlasa g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
- Ertangi o'yindan oldin yo'qotishlar bormi?
- Shuhrat Muhammadiev va Salamat Qutiboevning jarohatlari bor. Ular ertaga maydonga tushishmaydi. Timur Kapadze esa so'roq ostida.
- Ertaga "Lokomotiv" ikki hujumchi bilan o'ynashi mumkinmi?
- Barcha narsa bo'lishi mumkin. Ammo hozir barchasini ayta olmayman. Raqib autlar vaqtida juda samarali harakat qilishadi. Ularda aut xuddi burchak to'pidek bo'ladi.
- Ertaga Sirojiddin Sayfievni qo'llab quvvatlash akciyasi amalga oshiriladi. Bu borada fikrlaringizni bildirsangiz.
Ikrom Aliboev: - Ertangi bahsga barchani chorlab qolaman. Birinchidan ular olgan chipta pullari xayriya yo'lida amalga oshiriladi. Ikkinchidan chiroyli o'yin ko'rishadi deb o'ylayman.
- Krizoning transferi xato edimi?
- (kuladi) bilmayman. Hozircha Bikmaevga raqobatda yutqazmoqda.
Narzulla Saydullaev