Andrey Miklyaev: "Jeparov va Yanichich jarohat tufayli maydonga tushishmadi"

Narzulla Saydullayev
6 mar 2016, 18:54
"Navbahor" - "Lokomotiv" (2:3) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev qatnashdi.
"Mavsumni o'tgan yil shu yerda tugatgandik, qizig'i yangi mavsumni shu yerda boshlayapmiz. O'yin oson boshlangani yo'q. Uchrashuvga oz qolganida Nemanya Yanichich jarohat oldi. Shu bois o'zgarishni amalga oshirishga majbur bo'ldik. Bundan tashqari Server Jeparov ham jarohati tufayli bugun o'ynay olmadi. Uchrashuv boshida gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda yaxshi o'yin o'tkazdik. Tashabbus biz tomonda edi, ustunlikni natijada aks ettirishga harakat qildik va bunga erishdik. Natijadan albatta qoniqdim", - deydi Andrey Miklyaev.

"Navbahor" matbuot xizmati saytimiz uchun maxsus

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia