Andres Inesta: Santyago Bernabeuda Realni mag'lub etishimiz zarur

Aziz Tukhtamuradov
6 mar 2014, 21:07
Barselona futbolchisi Andres Inesta ushbu mavsum uchun jamoasining rejalari haqida fikr bildirib o'tdi.

Biz uchchala turnirda ham imkon qadar maksimum natijani qo'lga kiritmoqchimiz.

Chempionlar ligasi 1\8 final dastlabki o'yini natijasini esimizdan chiqarishimiz kerak. Hali xech narsa aniq bo'lgani yo'q.  

Shuningdek, “Real”ga qarshi o'yinda xam bor imkoniyatlarimizni ishga solishimiz zarur. Lekin ungacha bizni yana ikkita o'yin kutib turibdi, bu haqida xam esdan chiqarmaslik kerak. Agar chempionatda ohirigacha kurashishni istasak Santyago Bernabeuda g'alaba qozonishimiz zarur-deb aytib o'tdi Inesta. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru