Andrea Anelli: "Yuve", "Barsa" va "Real" turnirlarni to'liq isloh qilishni xohlamoqda

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2021, 20:42
"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli Yevropa Superligasini yaratishga urinish haqida gapirdi.

"‘Yuventus’, ‘Barselona’ va ‘Real’ turnirlarni to'liq isloh qilishga bel bog'lagan - bu, avvalo, mavjud vaziyatdan xavfsiraydigan klublar manfaati uchun.

Boshqa sport turlari bunday o'zgarishlarga duch keldi. Shuningdek, deyarli barcha manfaatdor tomonlar tizimni o'zgartirish kerak, degan fikrda", - deydi Agnelli.

Eslatib o'tamiz, faqatgina yuqoridagi uch klub Yevropa Superligasini tark etmaslikka qaror qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru