Anelli nima sababdan Superliga kerakligini aytdi

Mirjalol Normatov
26 fev 2023, 11:36
"Yuventus" sobiq prezidenti Andrea Anelli Superliga g'oyasining Yevropa futboli uchun muhimligini aytib o'tdi.

"Superliga kerak. Agarda barchasi hozirgidek oldindan aytib bo'ladigan qolip ostida kechadigan bo'lsa, odamlar futboldan uzoqlasha boshlaydi. Masalan, Niderlandiyada mamlakat grandlari Yevropa miqyosidagi sovrinlarga da'vogarlik qila olmasa, ularning o'yinini kuzatadimi?

Bu yerda yangi g'oya bir qancha divizionda o'ynayotgan top-klublarning darajasini tenglashtiradi. Bu barcha uchun kerak. Bu ligaga Yevropaning 60-80 klubini chorlash lozim. Yevropadagi 13 yillik ish tajribam mobaynida men kim qanday ishlashini yaxshi bilaman. Ulardan ko'plab g'oyalarni olganman va barcha uchun adolatli qarorlarni chiqarishni bilaman.

Yevropadagi katta transfer bozorini asosan YCHLda qatnashadigan klublar egallashgan, demak, eng katta foyda oladigan klublar ham aynan ular. Agarda yo'nalish shunday davom etaversa, Angliya va Ispaniya klublari boshqalardan ilgarilab ketadi, qolganlar esa shunchaki past klub bo'lib qoladi. Balki PSJ va "Bavariya"ni ham ushbu ro'yxatga kiritishimiz ham mumkindir.

Shu sababli sportga demokratiya olib kirilishi tarafdoriman. Polsha klubi ham yuqori natijalarga erishishi kerak. Ularda ham futbolga bo'lgan extiroslar yuqori darajada", - dedi Anelli.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal