Anchelotti o'yinlari soni bo'yicha Zidanga yetib oldi, ammo...

Mirjalol Normatov
12 yanv 2024, 21:48
Karlo Anchelotti "Real" bosh murabbiyi sifatidagi o'yinlari soni bo'yicha Zinedin Zidanga yetib oldi.

Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko"ga qarshi o'yin italiyalik uchun jamoa bosh murabbiyi sifatidagi 263-uchrashuv bo'ldi. Zidanda ham shuncha o'yin bor.

Anchelotti qo'l ostida madridliklar 191 o'yinda g'alabaga erishgan, 34 marta durang o'ynab, 38 o'yinda mag'lub bo'ldi. Gollar 633:237. Zidan paytida esa 596:263 bo'lgan.

Italiyalik murabbiy "Real" bilan 10ta sovringa ega chiqdi. Zidan davrida esa "Real" 11ta sovringa ega chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA