Anchelotti: "Men o'z vaqtida Zidan, Kaka va Del Perolarni ham zaxirada qoldirganman"

27 sen 2016, 20:19
Bavariya bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hazil aralash Frank Riberiga asosiy tarkibda joy kafolatlanmaganligini aytib o'tdi.


"Frank "Gerta"ga qarshi juda yaxshi o'ynadi. Shuningdek, u mavsumoldi tayyorgarliklarda ham yaxshi harakat qilgandi. U uzoq vaqt lazaretda qoldi. Ayni paytda esa kuchga to'lgan va o'z formasini tiklab olmoqchi. Munosabatlarimiz joyida. Lekin kunlardan bir kuni unga shu gaplarni ham aytishim mumkin: "Sen zaxira o'rindig'idasan". Keyin esa qo'shimchasiga: "Men Zidan, Kaka, Del Perolarni ham o'z vaqtida zaxirada qoldirganman. Sen ham ushbu klub a'zosiga aylanishing mumkin", - deydi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bundesliga.de