Anchelotti: "Bellingemning elkasi bilan bog'liq muammo mavjud. Umid qilamanki, jiddiy narsa emas"

Omonjon To`xtamirzayev
6 noya 2023, 10:32
"Real" ustozi Karlo Anchelotti "Rayo Valekano"ga qarshi o'yindan (0:0) keyin yarim himoyachi Jud Bellingemning holati haqida gapirib o'tdi.

"Bellingemning elkasi bilan bog'liq muammo mavjud. U tibbiy tekshiruvdan o'tishi kerak bo'ladi. Bunday holat yoqimsiz albatta, ammo Jud o'yinni davom ettira oldi. Umid qilamanki, jiddiy jarohat yo'q va u chorshanba kungi o'yinga tayyor bo'ladi".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: realmadrid.com