Anchelotti "Barselona"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2022, 07:31
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti AQSH turnesi davomida "Barselona"ga qarshi bo'ladigan uchrashuv haqida gapirdi.

"Vegasda "Barselona"ga qarshi bahs? Bu jamoaga qarshi o'yin xech qachon o'rtoqlik bo'lmaydi, bu shuningdek ko'rgazmali o'yin ham emas. "Barselona" biz juda hurmat qiladigan va katta raqobat qiladigan jamoamiz. Shu sababli, bu shou bo'lmaydi. Raqobatga boy o'yin bo'ladi", - dedi Anchelotti. 

Eslatib o'tamiz, "Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin 24 iyul kuni Las-Vegasda o'tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 8:00da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca