

Hakim Ziesh ijara asosida PSJga o'tish uchun Parijga uchib borgandi. Ammo “Chelsi” transfer bo'yicha hujjatlar yuborishda uch marta xatolikka yo'l qo'ydi va marokashlik futbolchining transferi barbod bo'lishiga sababchi bo'ldi. Qayd etilishicha, kerakli qog'ozlar dedlayndan keyin yuborilgan.
Parijliklar rahbariyati esa buni shundayligicha qoldirishni istamayapti va “Chelsi”ni sudga bermoqchi.
Eslatib o'tamiz, JCH-2022'da yorqin o'yin ko'rsatgan Ziesh joriy mavsum APLda 10 bahsda qatnashdi va bir golga hammuallif bo'ldi.



