

Oldinroq Joze yozda ishga qaytishini va mavsumoldi turnelarda yangi jamoasi bilan qatnashishini aytib o'tgandi.
Angliya matbuotining "Chelsi"dagi manbalariga ko'ra ma'lumot berishicha, "aristokratlar" portugaliyalik mutaxassis bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Agarda, "Chelsi"ning natijalari yomonlashib ketadigan bo'lsa, Sarri iste'foga chiqariladi va vaqtinchalik murabbiy ishlaydi. Mourinyo esa rejadagidek, keyingi mavsumdan "Chelsi" boshqaruvini o'z qo'liga oladi.
Joze dekabr oyida "Manchester Yunayted"dan iste'foga chiqqandi. Qayd etish kerak, Mourinyo bunga qadar ikki marta "Chelsi"ni boshqargan va o'shanda jamoani APL chempioniga aylantirgandi.



