

- “Andijon”ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida nima ham derdim, mag'lubiyatga loyiq emasdik. Ko'rdinglar, ko'plab vaziyatlarni sodir etdik. Ammo ulardan unumli foydalana olmadik. Penalti o'yin taqdirini xal qildi. Bizda ham penalti tepish imkoni bo'ldi. Ammo foydalana olmadik. Garchi shunday bo'lsada, yigitlarga o'yin borasida ortiqcha etiroz yo'q. Hayronman penaltidan negadir foydalana olmayapmiz. Mana bugun uchinchi marta foydalana bilmadik. Mashg'ulotda bu borada ham ishlaymiz shekilli - deydi Aleksandr Andreevich.
Islombek Rustambekov.



