

Turga viloyat futbol akademiyasi sport zali mezbonlik qiladi.
Mazkur tur 2025 yil hisobidan so'nggisi bo'lgani bois barcha jamoalar maksimal tarzda ochko jamg'arish payida bo'lishadi. Bu esa tur o'yinlarining qiziqarli hamda murosasiz kurashlar ostida o'tishiga asos bo'ladi. Shu manoda 6-turda biz yana keskin raqobat, hujumkor va sermahsul o'yinlar guvohi bo'lamiz.


6-tur oldidan amaldagi chempion BMB eng yaqin taqibchilari SQB hamda “Oil Star” bilan 5 ochkolik tafovutni saqlab qoldi. Shuningdek, OKMK ham yetakchilarni izma iz quvib kelmoqda. Liganing "oltin o'rtaligidan" o'rin olgan jamoalar istalgan bahsda kutilmagan natijani qayd etishlariga ko'p bora shohid bo'ldik. Ligada o'z mavqeini saqlab qolish harakatidagi jamoalar ham bo'sh kelishmayapti.
O'FF hamda “Sport” ijodiy birlashmasining o'zaro kelishuviga muvofiq 6-turning barcha o'yinlarni “Sport-TV” hamda “Futbol-TV” telekanallarida hamda O'zbekiston futzal federatsiyasining YouTube kanali orqali to'g'ridan to'g'ri, jonli tarzda efirga uzatiladi.



