Aleksandr Mochinov: "Obod" futbolchilariga tajriba yetishmayapti"

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2016, 12:48
"Olmaliq" - "Obod" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yangi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov o'z fikrlarini bildirdi.
"Menimcha o'yin qiziqarli o'tdi. "Olmaliq"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ammo futbolchilarga tajriba yetishmasiligi tufayli yutqazib qo'ydik. Biz 1:0 hisobida oldinda borayotganda 3ta yuz foizli vaziyatdan foydalana olmadik. Gogol, Stanoevich kabi tajribali futbolchilarga ega bo'lgan "Olmaliq" irodali g'alabaga erishdi. Biz musobaqa jadvalida oxirgi pog'onada borayapmiz, ochkolarni yig'ishga majburmiz.

Hozircha shu tarkib bilan ishlashda davom etamiz. Yozgi tanaffusda nima bo'lishini ko'ramiz", - deydi Mochinov.


"Olmaliq" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia