Lushan “So'g'diyona” murabbiylar shtabini yangilaydi

Narzulla Saydullayev
8 apr 2018
Kecha Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov iste'foga chiqarilgandi.

Jamoa rahbariyati “So'g'diyona” hali sovrinli o'rinlar uchun kurashishini va hech ham qo'l ko'tarmoqchi emasligini isbot qilishda davom etadi. Klub rahbariyati xalqaro maydonda o'zini ko'rsata olgan va o'zbek futbolida o'z o'rniga esa bo'lgan tajribali murabbiy Sergey Lushanni jamoaga taklif qildi va shartnoma imzoladi.

“Bunyodkor” jamoasi bilan xalqaro maydonlarda ishtirok etib, tajriba to'plagan  murabbiy endilikda yordamchi murabbiy Muhiddin Ortiqov va darvozabonlar murabbiyi Igor Mixaylovlar bilan birga “Co'g'diyona”ni boshqaradi.

Mavsum boshidan buyon “So'g'diyona” murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan Timur Turdiev va Mikola Shevchenkolar bilan tuzilgan  shartnoma bekor qilindi.

Eslatib o'tamiz, “So'g'diyona”  11 aprel kuni  “Navbahor”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o'yinda jamoani Sergey Lushan boshchiligidagi murabbiylar shtabi tayyorlaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати