"Al Hilol"dan "Al Nassr"ga javob. Ar-Riyodliklar navbatdagi yulduz bilan shartnoma tuzishga yaqin

Khoja
27 avg 2024, 10:42
"Al Hilol" "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselu bilan shartnoma tuzishga yaqin.

Ar-Riyodliklar futbolchini 25 million evroga sotib oladi. Portugaliyalik futbolchining o'zi bilan esa 3 yillik shartnoma tuzadi. Shu vaqt orasida Kanselu 70 million evro ishlab oladi. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq PSJ futbolchisi "Al Nassr"ga o'tishga yaqinligi haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com