

Birinchi uchrashuvni jarohat sababli o'tkazib yuborgan Yosir Al Shahroni javob uchrashuviga tayyor. Futbolchi bir necha kundan beri umumiy guruhda mashg'ulot olib bormoqda.
Ma'lumot uchun, 32 yoshli himoyachi 2012 yildan beri Al Hilol safida harakat qilib keladi. U jamoa safida jami 413 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urgan va 41 ta golga assist qayd etgan.




