Aguero "Siti" bilan shartnomasini uzaytirmaydi va Argentinaga qaytadi

Aziz Tukhtamuradov
3 dek 2015, 20:00
"Manchester Siti" futbolchisi Serxio Aguero klub bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng vataniga qaytmoqchi ekanligini aytib o'tdi.

"Men doimo yana "Independente" safida o'ynashni istashimni aytib kelganman. "Siti" bilan shartnomam yakunlanganidan so'ng sobiq jamoamga qaytishni istayman. Argentinaga faoliyatim yakunlanayotgan payti qaytmoqchi emasman", - deydi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2019 yilda o'z yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: So Foot