AGMK ayrim futbolchilar bilan kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2019, 12:59
Mirjalol Qosimov boshchiligida tayyorgarlikka kirishgan AGMK jamoasi dekabr oyida dastlabki yig'inni o'tkazdi.

Ma'lum bo'lishicha, yangi bosh murabbiy tarkibdagi har bir futbolchi bilan yakkama-yakka suhbatlashib, ularning ayrimlari bilan shartnoma muddatini yana bir yilga uzaytirish borasida og'zaki kelishuvga erishilgan.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Azamat Isroilov, Abduqahhor Hojiakbarov, Oybek Qilichev, Shoxnazar Norbekov hamda Zafar Polvonov singari futbolchilar bilan yangitdan kelishuvga erishilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia