Agent: "Barselona" hech qachon Xalilovichni sotishni istamagan"

Aslanov Jasurbek
1 apr 2016, 13:14
"Barselona" yarim himoyachisi Alen Xalilovichning agenti Zoran Stoyadinovichning so'zlariga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchini transferga qo'ymoqchi emas.

"Barselona" vakillari bilan Xalilovichning kelajagini muhokama qildik. "Barselona"dagilarning fikricha, Alen kelasi mavsumda "Sporting"dan kuchliroq jamoada o'ynashi kerak. "Barselona" hech qachon Xalilovichni sotmoqchi bo'lmagan. Klubdagilar unga ishonadi va Xalilovich boshqa klubda faqat ijara asosida o'ynashini istashadi" - deydi Stoyadinovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cope Asturias