Adriano Galliani: "Van Ginkel uchun bo'lgan muzokaralarda Torres va de Yong yordam berishdi"

Tolibjon Qosimov
3 sen 2014, 10:37
"Milan" bosh direktori Adriano Galliani "Chelsi" yarim himoyachisi Marko van Ginkelning qizil-qoralar safiga o'tishi borasidagi bir ma'lumot bilan o'rtoqlashdi.
"Avvaliga van Ginkel "Milan"ga o'tishni istamadi. U bizga o'tishni xohlamadi deya olmayman. Shunchaki, u "Chelsi" asosiy tarkibiga kira olaman deb o'ylagan. Ammo Joze Mourinyo yigitga bu juda yaxshi variantligini aytgan. O'shanda men van Ginkelning hamyurti bo'lgan Nayjel de Yongdan u bilan suhbatlashishini so'radim. Keyinroq esa huddi shu narsa haqida Fernando Torresning o'zidan so'radim. Va nihoyat van Ginkel rozi bo'ldi" - deydi Galliani.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.ru