Acherbi, Kesse, Pedro va Shomurodov - A Seriya 19-tur ramziy terma jamoasi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2021, 18:58
"Goal Italia" nashri Italiya chempionati 19-turi ramziy jamoasini e'lon qildi.

Quvonarlisi, ramziy jamoadan "Sampdoriya" darvozasiga to'p kiritgan O'zbekiston terma jamoasi hamda "Roma" klubi forvardi Eldor Shomurodov ham o'rin oldi.

Darvozabon - Lukash Skorupski ("Bolonya")

Himoyachilar - Denzel Dyumfris ("Inter"), Mattia Bani ("Jenoa"), Franchesko Acherbi ("Lacio"), Aaron Xiki ("Bolonya")

Yarim himoyachilar - Frank Kesse ("Milan"), Federiko Bernardeski ("Yuventus"), Aleksis Salemakers ("Milan"), Rikkardo Orsolini ("Bolonya")

Hujumchilar - Pedro ("Lacio"), Eldor Shomurodov ("Roma")

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal Italia