Abdulatif Abduqodirov: “Yangi bosh murabbiy menga ishonch bildirmoqda”

Narzulla Saydullayev
13 sen 2015, 15:30
“Andijon” - “Qizilqum” (3:2) bahsida ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushgan hujumchi Abdulatif Abduqodirov uchrashuvga tez kirishib keta oldi va qisqa vaqt ichida raqib darvozasiga gol urishga erishdi.

Aytish kerakki, bu gol Abduqodirovning joriy mavsumdagi dastlabkisidir. O'yindan so'ng futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.

- “Qizilqum” bilan bahsda qanday bo'lmasin g'alaba qozonishimiz shart edi. Chunki bizni faqat uch ochko qoniqtirardi. Shuning uchun astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Jamoada murabbiy o'zgardi. Bungacha ishlab kelgan Edgar Gess paytida asosan zaxirada qolib ketayotgandim. To'g'risi, u menga ishonch bildirmadi. Vaqtinchalik tayinlangan bosh murabbiy Sergev Kovshov esa menga ishonch bilan qaramoqda. Bundan xursandman. Mana bugun ikkinchi bo'lim boshidan maydonga tushirdi. O'z navbatida omadim kelib, ko'p vaqt o'tmay raqib darvozasini ishg'ol etdim. Qolaversa o'yinga ham kirishib ketishim oson kechdi. Futbolchilarni yaxshi bilaman va ular bilan ancha vaqtdan buyon birga o'ynab kelmoqdamiz. Albatta urgan golim bilan jamoaga foyda keltirganimdan xursandman. Nasib qilsa kelgusi uchrashuvlarda ham murabbiylar shtabi va muxlislarni ishonchini qozonishga xarakat qilaman - deydi Abduqodirov.   

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia