A seriyada peshqadamlik qilayotgan “Napoli” muxlislari bir nechta policiyachini jarohatladi

7 yanv 2018, 11:46
Italiya A seriyaning 20-turidan o'rin olgan “Napoli” - Verona” o'yinida ko'ngilsiz voqea kelib chiqdi. Mezbonlarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan o'yin vaqtida neapollik muxlislar “Verona” fanatlariga hujum uyushtirdi.

Muxlislar o'rtasidagi dahanaki janjalni to'xtatishga otlangan policiya vakillarining o'zi jiddiy qarshilikka duch keldi. Italiya ommaviy axborot vositalari bergan xabarga ko'ra, to'qnashuv natijasida bir qator policiyachilar turli darajada tan jarohati olgan.

Tez orada Italiya futbol federatsiyasi bu ishni ko'rib chiqadi. 15 daqiqa davom etgan to'qnashuvlar oqibatida “Napoli” A seriya o'yinlaridan birini muxlislarsiz ham o'tkazishi mumkin. 


Manba: www.championat.com