

"Resanga nega qizil emas, sariq berdim? "Kontakt" to'piq qismiga bo'ldi. "Paxtakor" futbolchisi to'pga ulgurmadi va raqib to'pig'ini butsaning tagi bilan bosdi. "Buxoro" futbolchisi biroz sirpandi ham. Bizga berilgan yo'riqnomada bunday vaziyatlarda sariq va qizil kartochka o'rtasida bo'lsa, pastroq jazoni berish kerak. Ehtiyotsizlik natijasida sodir etilgan qo'pollik uchun sariq kartochka ko'rsatdim", – dedi Qosimov.

Avvalroq taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov qizil bermaslik uchun hakamlarda hech qanaqa talqin yo'qligini aytgan edi.



