Laporta Yamal bilan shartnoma haqida: "Hamma narsa kelishib olindi"

Sherzod Nurmatov
19 may 2025, 11:25
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa vingeri Lamin Yamal bilan shartnomani uzaytirish to'g'risidagi savolga javob berdi.

"U "Barsa"da o'ynashni yoqtiradigan va ushbu avlodning bir qismi bo'lgan istedod sohibidir. Lamin – noyob individual mahoratga ega futbolchi, ammo shu bilan birga jamoada o'zini qulay his qiladigan jamoaviy o'yinchidir. Uning agenti Jorge Mendesh bo'lib, u bilan muloqot qilish oson. Yamal bilan bitimni uzaytirish masalasi deyarli kelishib olindi, faqat imzo chekish qoldi xolos", – dedi Laporta.

Avvalroq xabar qilinganidek, o'yinchi 2030 yilgacha bo'lgan shartnomaga imzo chekishga tayyor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Vanguardia