Rasman: Yorqin Nazarov "Turon" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Administrator
2 iyul 2023, 21:13
Klubga yangi bosh murabbiy keldi.

"Turon" klubi rasman Yorqin Nazarovni jamoaning yongi bosh murabbiyi etib tayinladi. Yorqin Nazarov jamoaning navbatdan tashqari majlisida bosh murabbiy sifatida tanishtirildi. Ma'lumot uchun, Championat.asia sayti 28 iyun kuni Yorqin Nazarovning "Turon" bosh murabbiyi sifatida tayinlanganini xabar qilgandi.

Nazarovning so'nggi ish joyi Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bo'lgandi. Mazkur klub bilan Superligada jami 2ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etdi. 2 aprel kuni klub va murabbiy o'rtasidagi kelishuv bekor qilingan edi.

Yorqin Nazarov "Turon" uchun 2023 yildagi uchinchi bosh murabbiy bo'ladi. Yaypan klubi mavsumni Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida boshlagan, keyinroq uning o'rnini rossiyalik Denis Bushuev egallagandi. Ma'lumot uchun, Superliganing ikkita turida "Turon"ni yordamchi murabbiy Mirjalol Jo'raev maydonga boshlab chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia