Eshitdik-da! Yorqin Nazarov - "Turon" bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2023, 19:20
Yaypanning "Turon" klubida bosh murabbiy o'zgardi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Yorqin Nazarov "Turon" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Nazarovning so'nggi ish joyi Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bo'lgandi. Mazkur klub bilan Superligada jami 2ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etdi. 2 aprel kuni klub va murabbiy o'rtasidagi kelishuv bekor qilingan edi.

Yorqin Nazarov "Turon" uchun 2023 yildagi uchinchi bosh murabbiy bo'ladi. Yaypan klubi mavsumni Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida boshlagan, keyinroq uning o'rnini rossiyalik Denis Bushuev egallagandi. Ma'lumot uchun, Superliganing ikkita turida "Turon"ni yordamchi murabbiy Mirjalol Jo'raev maydonga boshlab chiqdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia