"Paxtakor"ning ikki futbolchisi terma jamoa lagerini tark etdi

Tolibjon Qosimov
27 may 2021, 17:16
O'zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyidagi JCH-2022 saralash bahslariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Igor Sergeev MTJ safiga qachon qo'shilishi aniq

Ertaga terma jamoamiz Dubayga uchib ketadi va 29 may kuni Avstraliya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 1 iyun kuni vakillarimiz Saudiya Arabistoniga uchib ketadi.

"Championat.asia" sayti olgan ma'lumotga ko'ra, "Paxtakor" jamoasi vakillari Farruh Sayfiev hamda Sharof Muhitdinov terma jamoa lagerini tark etgan. Tez orada har ikki futbolchi o'z klubi mashg'ulotlariga qo'shiladi.


Terma jamoaning Dubayga yo'l oladigan yakuniy tarkibi hozircha e'lon qilingani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia