Rodrigo "Real"ga "Atalanta"ga qarshi o'yinda yordam bera olmaydi

Alisher
16 mar 2021, 16:28
Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo CHL 1/8 final "Atalanta"ga qarshi javob o'yinida maydonga tushmaydi.

"Qirollik klubi" matbuot xizmati xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchida jarohat aniqlangan.

Braziliyalik o'yinchining qachon safga qaytishi haqida xabar berilmagan.

"Real" va "Atalanta" o'rtasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da "Alfredo di Stefano" stadionida start oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com