A Seriya klubi Shomurodovni xarid qilishga yaqin. Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist xabar bermoqda

Alisher
29 sen 2020, 11:24
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini A Seriya klubida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Janluiji Longari o'zining tvitter sahifasida xabar bermoqda. Ushbu jurnalist "Sportitalia" va "Tutto Mercato Web" nashrlarida faoliyat yuritadi.

Insayderning ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli forvardning xizmatlariga "Jenoa" klubi qiziqish bildirmoqda. Tomonlar allaqachon muzokaralarga kirishishgan. Transfer narxi 8 million evroni tashkil etishi mumkin.

Shomurodov 2017 yilning yozidan beri "Rostov" sharafini himoya qiladi. Eldor Rossiya jamoasida umumiy barcha musobaqalarda 91ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 12ta assist qayd etdi. Forvardning klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.



AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Glongari