Suares: "Barselona"dan kyetib, futbol o'ynashni xohlayman"

Alisher
13 iyun 2019, 11:57
"Barselona" yarim himoyachisi Denis Suares o'zining klubdan ketishi mumkinligiga izoh berdi.

Denis Suares o'tgan mavsumning ikkinchi qismini Londonning "Arsenal" jamoasida o'tkazdi, ammo u yerda asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi.

"Men "Barselona"dan ketishni xohlayman, men futbol o'ynagim kelyapti", - deydi Suares.

"Mening maqsadim - La Ligada qolish. Men Barselonada ikki oy davomida jarohatimni tiklash bilan mashg'ul bo'ldim, ammo klubdagilar menga hech narsa demadi".

"Arsenal" sobiq futbolchisi o'tgan mavsum barcha turnirlarda jami 14ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal