236 muxlis, 4 qizil - turning qiziq raqamlari bilan tanishing

26 okt 2021, 11:40
O'zbekiston chempionatining 23-turi yakunlandi.

"Metallurg" 0:1 AGMK, 236 muxlis

"Surxon" 1:0 "Qizilqum", 840 kishi

"Bunyodkor" 3:1 "Turon", 645 tomoshabin

"Qo'qon-1912" 2:1 "Lokomotiv", 4 320 muxlis

"Mashal" 0:0 "Navbahor", 325 kishi

"So'g'diyona" 1:0 "Paxtakor", 4 503 tomoshabin

"Andijon" 1:1 "Nasaf", 5 110 kishi

Mazkur turni 15 889 muxlis stadionning o'zidan tomosha qildi (o'tgan turga nisbatan 364 kishiga ko'proq). Bu  har o'yinda o'rtacha 2 270 nafar tomoshabin arenaga kelayotganini bildiradi. Guvohi bo'lganingizdek, eng ko'p ishqiboz Andijondagi o'yinda ishtirok etdi (5 110 nafar). Eng yomon natija esa "Metallurg" - AGMK o'yinida qayd etildi (236).

Ma'lumot uchun, Bekobodda o'tkazilgan so'nggi 2 o'yinni tomosha qilish uchun 340 nafar muxlis tashrif buyurdi.

7 o'yinda jami 12 gol urildi (o'tgan turga nisbatan 11 taga kam). Bu har o'yinda o'rtacha 1,7 tadan gol degani. To'plarning 8 tasi mezbon, 3 tasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Eng ko'p gol "Bunyodkor" va "Turon" o'rtasidagi o'yinda urildi (4). Faqat 1 o'yinda darvozalar ishg'ol qilinmadi (Muborakdagi o'yin).     

Xet-trik yoki dubl qayd etilmadi.

22-turda referilar 37 marta (o'tgan turga nisbatan 2 ta kam) cho'ntaklaridan sariq rangdagi kartochkalarni chiqarishga majbur bo'lishdi (o'rtacha 5,2 tadan).

4 nafar futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi - Davron Hoshimov ("Navbahor"), Dayan Ponevich ("Turon"), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Marlen Chobanov ("Paxtakor").

3 bor 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.  

Ma'lumot uchun, keyingi tur bahslari 4 noyabr kuni start oladi.

24-tur

04.11.2021. "Bunyodkor" - "Qizilqum"

04.11.2021. AGMK - "Andijon"

05.11.2021. "Lokomotiv" - "So'g'diyona"

05.11.2021. "Navbahor" - "Metallurg"

06.11.2021. "Paxtakor" - "Surxon"

06.11.2021. "Mashal" - "Turon"

07.11.2021. "Nasaf" - "Qo'qon-1912"

Havas

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia