"100 millionlik bemor" Azar borasidagi holat so'roq ostida

Mirjalol Normatov
24 fev 2020, 21:58
"Real" tibbiy shtabi yarim himoyachi Eden Azarni safga qaytarish strategiyasini o'ylab chiqmoqda.

Hozircha klub vrachlar futbolchini konservativ uslubda yoki xirurgik yo'l orqali ham safga qaytarish borasida bir to'xtamga kela olishmayapti.

Agarda futbolchi operaciya qilinmasa, 2-2,5 oyda safga qaytishi va mavsum yakunidagi o'yinlarda qatnashishi mumkin. Agarda operaciya qiladigan bo'lishsa, Azarning tiklanishi 3 oygacha cho'ziladi va unda mavsum yakuniga etgan bo'ladi.

Futbolchining to'piq qismi qattiq lat egan. Katta ehtimol bilan futbolchi operaciya qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca