“Zomin” Uychiga bormadi yoxud ketma-ket ikki marta texnik mag'lubiyat
16 okt 2014 10:28
Yangiliklar
“Zomin” Uychiga bormadi yoxud ketma-ket ikki marta texnik mag'lubiyat
Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha birinchi liganing ikkinchi bosqich, 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
CHempionat taqvimiga ko'ra, “Zomin” ushbu turda Uychining “Xotira-79” jamoasi mehmoni bo'lishi kerak edi. Lekin zominliklar Namanganga safar uyushtirmagan. Natijada uchrashuv nazoratchisi mehmonlarga texnik mag'lubiyat yozdi va “Xotira-79”ga uch ochko berildi.
Aytish lozimki, bundan oldingi turda ham “Zomin”ga texnik mag'lubiyat yozilgandi. Farqi shuki, unda sariq kartochkasi 4taga etgan o'yinchi maydonga tushgan.
Joriy mavsum hisobidan safar o'yiniga bora olmagan jamoalar soni hozircha 2tani tashkil etmoqda. Yodingizda bo'lsa, “Istiqlol” ham oldingi turlarning birida “Orol” bilan o'yinga bormagandi.
Fikrlar