"Zomin" bosh murabbiyi Jahongir Abdurashidov: "Qaysidir joyda bizga omad kulib boqdi. Ancha qiynaldik deya olaman"
24 sen 2020 21:30
Yangiliklar


"Zomin" bosh murabbiyi Jahongir Abdurashidov: "Qaysidir joyda bizga omad kulib boqdi. Ancha qiynaldik deya olaman"
Pro liga navbatdagi turida "Zomin" "Oq-tepa"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jahongir Abdurashidov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin qiyin bo'lishini oldindan bilar edik. Raqibimiz jamoaviy o'yin namoyish etadi. Qaysidir joyda bizga omad kulib boqdi. Ancha qiynaldik deya olaman. 1:0 hisobida oldinda borayotganimizda raqibni qarshi hujumda ushlamoqchi edik. Qaerdadir kuchimiz etmadi. Futbolchilar bilan ishlashda davom etamiz",- deydi Abdurashidov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar