So’nggi yangiliklar

01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  13

“Zomin” bosh murabbiyi Asqar Umarov: “Bu g'alabadan keyin chempionlikka bir qadam yaqinlashdik” Yangiliklar

“Zomin” bosh murabbiyi Asqar Umarov: “Bu g'alabadan keyin chempionlikka bir qadam yaqinlashdik”

Teglar :  Asqar UmarovZomin
Birinchi liga 18-turi doirasida o'tkazilgan “Zomin” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov bilan suhbatlashdik. Aytish kerakki, mazkur o'yinda “Zomin” 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'yin to'g'risida

- Mavsumning hal qiluvchi pallasiga etib keldik, - deya so'z boshladi Umarov. “Lokomotiv-BFK” bilan bahsda g'alaba qozonib, chempionlikka bir qadam yaqinlashib olishni rejalashtirgandik. Yigitlar o'yin avvalida berilgan ko'rsatmalarga to'liq amal qildi va yaratilgan vaziyatlarimizni golga aylantirdi. 

“Lokomotiv-BFK” ko'rsatgan o'yin borasida

- Asosan yoshlardan tashkil topgan ekan. SHunga qaramay, jamoaning o'z o'yin uslubi borligi ko'zga tashlandi. Ancha vaqt davomida biz bilan tengma-teng o'yin ko'rsatib, darvozamiz oldida imkoniyatlarga ega bo'ldi. Bu o'yinda tajriba ko'proq asqotdi. “Zomin”da asosan tajribali yigitlar ko'pchilikni tashkil qilgani tufayli, g'alaba qozonishimiz ham oson bo'ldi.

Raqobatchilar haqida

Oldinda bizni uchta o'yinimiz bor. SHu o'yinlarda yutqazmaslik va g'alaba qozonib, birinchi liga chempioni nomini qo'lga kiritmoqchimiz. “G'ijduvon” va “Nabvahor-Farm” ham ochko yo'qotishimiz istashi tabiiy. Kurash turdan-turga jiddiy tus olmoqda. Pro-ligaga chiqish vazifasini qo'ygan jamoalar ochko yo'qotishni istamaydi. “Lokomotiv-BFK” ustidan qozonilgan muvaffaqiyat bizni qo'yilgan maqsadimizga bir qadam yaqinlashtirdi. O'ylaymanki, biz vazifamizni uddalay olamiz. 

Tarkibdagi futbolchilar xususida

-  Bizning jamoada har bir chiziqda raqobat bor. Ayniqsa, bu mavsumda yoshlarimiz o'zlarini har tomonlama ko'rsatmoqda. “Lokomotiv-BFK”ga qarshi kechgan o'yinda Jonibek Ko'chimov, Bahodir Daminov va boshqalar ajoyib harakatlari bilan maydonda ajralib turdi. Qolganlar xususida ham shunday fikrlarni ayta olaman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика