Liga ishchi guruhi Nukus shahridagi "Turon" stadioni bilan ishlashda davom etmoqda
06 dek 17:04
Yangiliklar
Liga ishchi guruhi Nukus shahridagi "Turon" stadioni bilan ishlashda davom etmoqda
Hozirda Turon stadioni to'liq yangilanish jarayonida bo'lib, qurilish bosqichida translyaciya standartlari va texnik talablarning inobatga olinishi kelgusida muhim ahamiyat kasb etadi.
Stadionni o'rganish davomida translyasiya bo'yicha qator muhim jihatlar kelishib olindi:
• asosiy va ofsayd kamera platformalari hamda maydon atrofidagi kameralar joylashuvi nuqtalari, ularni kabellashtirish va jihozlash masalalarida o'zgarishlar amalga oshiriladi;
• markazlashgan VAR tizimi uchun alohida zona va uning texnik taminoti masalasi rejaga kiritiladi;
• VAR va ko'chma televzion stanciyaning joylashuvi, ularning uzluksiz ishlashi uchun zarur internet va elektr taminoti masalasi joriy qilinadi.
Turon stadionida barcha kamera platformalarini kabellashtirish va ulanishlarni yagona Patchroom'da markazlashtirish tizimini joriy etish Liganing asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizdagi ko'plab stadionlar bunyod etilayotganda mazkur masala inobatga olinmagan bo'lib, ushbu holat translyasiyalar sifatiga bevosita tasir ko'rsatib keladi.
Rekonstrukciya qilinayotgan stadioni 12 000 tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, tomoshabinlar uchun yopiq tomga ega zamonaviy inshootga aylantirilmoqda. Stadion FIFA standartlariga javob beradigan so'nggi turdagi suniy chim, zamonaviy yoritish tizimi bilan jihozlanadi va kelgusida Superliga uchrashuvlarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Aral klubi Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritsa, stadion 2026 yil bahorida to'liq foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan. Har qanday holatda ham uning ishga tushishi 2026 yilgi mavsumda amalga oshirilishi belgilangan.






O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
"Реал Мадрид" ва ниҳоят Ла Лигада ғалаба қозонди. Мбаппедан дубль
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Fikrlar