Zinchenko ukrainalik 10 yoshli qochqinni "Manchester Siti"ga taklif qildi
10 may 2022 20:38
Yangiliklar
Zinchenko ukrainalik 10 yoshli qochqinni "Manchester Siti"ga taklif qildi
Aleksandr Zinchenko ukrainalik 10 yoshli qochqinni "Manchester Siti" mashg'ulotlariga taklif qildi.
"Bu Andrey. U 10 yoshda. Hozir u xavfsiz.
Aksariyat ukrainaliklar singari u va uning oilasi vatanini tark etishga majbur bo'ldi. 75 kun avval bu bolakay futbolchi bo'lishni orzu qilib, shug'ullanib yurardi.
Hozir esa u faqat yurtimiz tinchligini orzu qiladi. Bu meni juda xafa qiladi, chunki hozir Ukrainada Andrey singari bolalar bisyor. Ular bolalikdan, eng yomoni, hayotlaridan mahrum bo'lishdi.
Ishonamanki, kun keladi va barcha bolalar yana tashvishsiz yashashlari, orzu qilishlari hamda Andrey bizning mashg'ulotlarimizda boshdan kechirgan ijobiy his-tuyg'ularni his qilishlari mumkin", - deb yozdi "Manchester Siti" himoyachisi.
Fikrlar