Timur Kapadze Angliyaga boradi
27 apr 2025 16:20
Yangiliklar
Timur Kapadze Angliyaga boradi
Podkast mualliflaridan biri Nodirxo'ja Yuldashevning insaydiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timr Kapadze yaqinda Angliyaga safar uyushtiradi.
"Navbatdagi insayd – Timur Kapadze "Manchester Siti" o'yinini tomosha qilish uchun Angliyaga bormoqchi. Ayni paytda viza masalalari hal etilmoqda. Abduqodir Husanov o'ynamagan taqdirda, u bilan gaplashib, ruhan ko'nglini ko'taradi. Esingizda bo'lsa, bu ishni Abramov qilardi. U erinmasdan Sanjar Tursunovni o'yinini ko'rish uchun Nijniy Novgorodga, Vitaliy Denisovning o'yinini tomosha qilish uchun Dneprga borardi. O'zi shunaqa bo'lishi kerak-da", – dedi Yuldashev.
Davron Fayzievning qo'shimcha qilishicha, Timur Kapadze mavsum oralig'ida o'zbek klublarining o'rtoqlik o'yinlarida bo'ldi, bundan tashqari, yo'l-yo'lakay legionerlarning uchrashuvlarini ham kuzatib qaytdi.
"90minutuz" podkasti to'liq holda:
Eslatib o'tamiz, JCH 3-saralash bosqichi doirasidagi BAA – O'zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni 21:00 ga belgilangan. Uchrashuv 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Al Nahayyon" stadionida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar