Ronaldu "Al Nassr"ning bugungi mashg'ulotini ham o'tkazib yubordi
03 fev 20:54
Yangiliklar
Ronaldu "Al Nassr"ning bugungi mashg'ulotini ham o'tkazib yubordi
Portugaliyalik yulduz kecha Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi "Ar Riyod"ga qarshi bahsni ham o'tkazib yuborgan edi.
Vaziyat tafsilotlari:
- Jurnalist Abdulaziz Al Oseymi xabariga ko'ra, Ronaldu kechagi o'yinda qatnashmagan futbolchilar uchun tashkil etilgan bugungi mashg'ulotga kelmagan.
- Hujumchi Saudiya Arabistoni suveren fondi (PIF) klubni boshqarishda asosiy raqobatchi — "Al Hilol"ga ko'proq imtiyoz berayotganidan norozi bo'lmoqda.
- Forvardning fikricha, klub egalari "Al Nacsr"ning chempionlik uchun kurashishiga to'sqinlik qilmoqda.
Shuningdek, u Karim Benzemaning "Al Hilol"ga o'tishi raqobat muhitiga zarar etkazishini takidlab, bu transferga qarshi chiqqan edi.
Avvalroq tarqalgan malumotlarga ko'ra, Krishtianu iyun oyida Saudiya klubini tark etib, yana Evropaga qaytishi yoki MLS klublaridan biriga o'tishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar
P.S.: Ma'lumotlar TransferMarkt va Copology analitik saytlaridan olingan.