"Yuventus" martda Vlaxovich bilan uchrashuv o'tkazadi
23 fev 19:12
Yangiliklar
"Yuventus" martda Vlaxovich bilan uchrashuv o'tkazadi
Turinliklar hujumchisi Dushan Vlaxovich klub bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qiladi.
Avvalroq serbiyalik futbolchi Turinni tark etishi muqarrarligi haqida xabarlar chiqqandi, ammo so'nggi paytlarda vaziyat o'zgardi.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, tomonlar mart oyiga uchrashuv belgilagan. "Keksa sinora" rahbariyati 26 yoshli o'yinchining agenti bilan kelgusi hamkorlik shartlarini kelishib olishga harakat qiladi.
Dushan Vlaxovichning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi iyun oxirida tugaydi. U jamoada qolish uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo'lishi kerakligi taxmin qilinmoqda. Unga "Barselona", "Milan", "Bavariya" va boshqa klublar ham qiziqish bildirgani aytilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar
Juveda Komo bn uyindi kurdim Kamanda Nol