"Milan" "Bolonya"ni ayab o'tirmadi
04 fev 03:13
Yangiliklar
"Milan" "Bolonya"ni ayab o'tirmadi
Italiya A Seriyasining 23-turidan o'rin olgan so'nggi bahsda "Milan" safarda "Bolonya" mehmoni bo'ldi va yirik - 3:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.
O'yinning asosiy voqealari:
20-daqiqada yarim himoyachi Adrien Raboning uzatmasidan so'ng angliyalik Ruben Loftus-Chik hisobni ochdi.
39-daqiqada Kristofer Nkunku o'zi ishlagan penaltini bexato amalga oshirib, oradagi farqni oshirdi.
Ikkinchi bo'lim boshida (48-daqiqa) Rabo o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi va o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.
Ushbu g'alabadan so'ng Massimiliano Allegri shogirdlari ochkolarini 50 taga etkazib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni mustahkamlab olishdi. Ayni damda "rossonerilar" peshqadam "Inter"dan 5 ochkoga ortda qolishmoqda. 30 ochkoga ega "Bolonya" esa 10-o'rinda qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar