Ziko Jirkovni Messiga qiyosladi
14 apr 2020 23:15
Yangiliklar
Ziko Jirkovni Messiga qiyosladi
"CSKAga kelgach, rahbariyatdan hech kimni sotmaslikni so'raganman va tez orada Superkubokni qo'lga kiritgandik. CHempion bo'lish uchun barcha futbolchilarni saqlab qolish kerak edi.
Afsuski, yozda ikki asosiy futbolchimiz jamoani tark etdi – Jirkov va Vagner Lav. Bu juda yomon edi. Ushbu juftlik CSKAning 80% gollarini yaratgandi. Jirkov ayniqsa muhim hisoblanardi. U biz uchun "Barselona"dagi Messi kabi edi.
Men Yuriyga hujumda erkinlik, kreativ g'oyalarini amalga oshirish imkonini berdim. Vagner deyarli barcha gollarini Jirkov yordamida urardi", – deydi braziliyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Ziko CSKAga qadar bir muddat (2008 yilning kuzida) Toshkentning "Bunyodkor" klubida ishlagan edi. Yuriy Jirkov esa 2009 yilning yozida "CHelsi"ga ko'chib o'tgan.
Fikrlar