Ziesh "Ayaks"ga qaytish arafasida turibdi
24 avg 2022 19:33
Yangiliklar


Ziesh "Ayaks"ga qaytish arafasida turibdi
"CHelsi" yarim himoyachisi Hakim Zieshning Amsterdamning "Ayaks" klubiga qaytishi ehtimoli ortib bormoqda.
Jurnalist Fabricio Romano xabariga ko'ra, klublar marokashlik futbolchining transferini muhokama qilish uchun yaqin vaqt ichida muzokara o'tkazishdi.
Eslatib o'tamiz, Ziesh yakshanba kuni "Lids"ga qarshi o'yindan so'ng darhol Amsterdamga yo'l oldi. "Ayaks" bilan muzokaralarda marokashlik futbolchining klubga qaytishi mumkinligini muhokama qilgan. Faqatgina transfer "Manchester Yunayted" niderlandiyalik o'ng qanot vingeri Antonini sotib olsa amalga oshishi mumkin.
Bugun "Tottenxem" ham Ziesh uchun kurashga kirishishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar