Zidan dunyodagi eng yaxshi to'qqizlik egasi kim ekanini aytdi
22 apr 2019 01:00
Yangiliklar


Zidan dunyodagi eng yaxshi to'qqizlik egasi kim ekanini aytdi
Ispaniya chempionatining 33-turida Real o'z maydonida Atletikni qabul qilib, yirik hisobda (3:0) zafar quchdi.
Mazkur o'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida «blankoslar» ustozi uchrashuvda porlagan Karim Benzema haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
“Men uchun Karim – jaxondagi eng yaxshi «to'qqizlik» egasi. Biroq, yaxshi futbolchilar ko'p. Qolgan murabbiylar boshqa kimnidir ko'rsatishi mumkin. U 10 yil ichida jamoa uchun borini berdi. Uning gollaridan juda ham xursandman. Benzema o'ziga ishonadi va yanada yaxshiroq bo'lishga intiladi”, – deydi 46 yoshli franciyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar